"WhatsApp"da ovozli qo'g'iroq xizmati ishga tushadi
Barselonada ochilgan Mobile World Congress
ko‘rgazmasida mobil qurilmalar dasturlari
borasida yirik xushxabarlardan biri e’lon
qilindi – WhatsApp messenjerida ovozli
qo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ladi. Mazkur xizmat
joriy yilning ikkinchi choragidan yo‘lga
qo‘yiladi.
Buni ushbu dastur asoschilaridan biri – Yan
Kumning shaxsan o‘zi e’lon qildi.
WhatsApp’ning qaysi mobil operatsion
tizimga mo‘ljallangan varianti dastlab
yangilanishi haqida Kum hech narsa demadi.
Ammo u dastur foydalanuvchilari soni
allaqachon 465 milliondan oshganini
ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Facebook
kompaniyasi WhatsApp’ni sotib olishi haqida
xabar berilganida, undan foydalanuvchilar
450 million nafar, deyilgan edi. Umuman
olganda, Sukerberg va Kum endilikda bir
milliardlik marrani ko‘zlashmoqda.
Qizig‘i, ovozli qo‘ng‘iroq joriy et
...
Читать дальше »