Sevastopolliklar Ukraina Harbiy dengizkuchlari shtabini egallab oldi 19-mart kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat sakkizda Sevastopol shahridagi Ukraina Harbiy dengiz kuchlari (HDK) shtabi yonida miting boshlandi. Uning ishtirokchilaridan bir necha yuz kishi harbiy qism qurshovini yorib kirib, bayroqlarni almashtirishdi. Bu haqda voqea joyidagi muxbirining reportajiga tayanib "ITAR-TASS” xabar bermoqda. Foto: itar-tass.com Miting ishtirokchilari shtabda o‘rnatilgan Ukraina bayroqlarini olib tashlab, o‘rniga Rossiya va Andreyev bayroqlarini o‘rnatishgan. Ayni damda miting ishtirokchilari va Ukraina HDK vakillari orasida muzokaralar bormoqda. Harbiy xizmatchilarga nisbatan kuch ishlatish holatlari kuzatilmagan; shuningdek, mazkur operatsiyada Rossiya Qurolli kuchlari ishtirok etmayapti, deb yozadi "ITAR-TASS”. Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni, admiral o‘rinbosari Aleksandr Vitko muzokaralar o‘tkazish maqsadida Ukraina HDK shtabiga tashrif buyurganligi ham xabar qilinmoqda. Nashrning ma’lum qilishicha, yarimorol Rossiya tarkibiga qo‘shib olingach, Ukraina HDKning Qrimda joylashgan kemalari Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tadi. Qora dengiz floti shtabidagi manbaning xabariga ko‘ra, mazkur flot bu kemalarning tarixiy nomini qaytarish niyatida, deb yozadi agentlik
|