Суббота, 06.06.2026, 13:35
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
YURTIMIZ YANGILIKLARI [5]
XORIJ YANGILIKLARI [10]
SHOU BIZNES YANGILIKLAR [6]
SPORT XABARLARI [3]
Мини-чат
Только зарегистрированные посетители могут писать в чате.
Наш опрос

Все опросы Оцените мой сайт


Всего проголосовало: 8

Главная » 2014 » Апрель » 01

Dilso'z kimni sog'ingan?

Опубликовал: Quyon в категорию SHOU BIZNES YANGILIKLAR - 01.04.2014, 10:10


Bahor faslini bejizga "Muhabbat fasli" demaydilar. Bu mavsum barcha ijodkorlarga ko'klam ilhomini bahsh etmoqda.

Estradamizning nozik vakilalaridan biri Dilso'z yangi taronani muxlislari e'tiboriga havola etish uchun tayyorladi. Bahor faslidan ilhom olgan Dilso'zning "Sog'indim yomon" nomli taronasiga klip ham suratga olindi. Qo'shiqning so'zi va musiqasi Nurbek Rasulovga tegishli. Klip rejissyori esa Jonrid Sagdiev.


 

Uzoq kutilgan premyera. “Nafs” yilning eng shov-shuvli filmi

Опубликовал: Quyon в категорию SHOU BIZNES YANGILIKLAR - 01.04.2014, 10:08


2014 yil turli mavzu, turli janrdagi yangidan yangi filmlarga boy. Ulardan yana biri tomoshabinlar diqqat e'tiborini tortsa ajab emas.

Elmira Xasanova stseraiysi asosida, Farrux Soipov rejissyorligida suratga olingan “Nafs” nomli filmning prem'erasi 25 mart kuni bo'lib o'tadi. “Sharq Sinema” studiyasida ishlab chiqarilgan mazkur kinofilmda bosh rollarni Farrux Soipov, taniqli xonanda Shaxzoda, Ulug'bek Qodirov, Munisa Rizaevalar ijro etganlar.

Epizodik rollarda ham bir necha taniqli yulduzlarni ko'rishingiz mumkin. “Bojalar” guruhi, Umid Iskandarov, Shahzoda Matchonova, Ruxshona va boshqalarning qisqa bo'lsada aktyorlik mahoratidan bahramand bo'lasiz. Shuningdek, maftunkor xonanda Shahzoda butunlay o'zgacha obrazda namoyon bo'ladi. Uni o'zgacha ko'rinishda, fe'l-atvo ... Читать дальше »

Ruhshonadan tez kunlarda konsert va ko'plab yangi taronalar

Опубликовал: Quyon в категорию SHOU BIZNES YANGILIKLAR - 01.04.2014, 10:05


O'tgan bir yildan oshiq vaqt mobaynida to'laqonli mustaqil ravishda ijod qilayotgan estradamiz namoyondasi Ruhshona o'zining "Joni" kompozitsiyasiga ishlangan klipni yaqindagina taqdim etgan edi. Ushbu taronadan so'ng ijodkor beshga yaqin yangi taronalarini hukmingizga havola qilmoqchi.
Ulardan eng birinchisi "Ayon" deb nomlangan bo'lib, G'ayrat Jonodilov matni, Murodilla Hakimov musiqasi asosida bastalangandir. Sokin tarzdagi kompozitsiya tez orada aynan saytimiz orqali taqdim etilishi rejalashtirilgan. Qolgan taronalarni esa o'z navbati bilan ketma-ketlik ila qarshi olasiz. Bundan tashqari ijodkor aprel oyining 14-15-16-sanalarida o'z yakkaxon konsert dasturi bilan Andijon shaxriga safar uyushtiradi. Qiziq, odatda ijodkorlarimiz poytaxtimizda yakkaxon konsertlarini taqdim etib, so'ngra viloyatlarga ga ... Читать дальше »

Murod Rajabov “ichki nizo” sabab “Muqimiy” teatri rahbarligidan ketdi

Опубликовал: Quyon в категорию SHOU BIZNES YANGILIKLAR - 01.04.2014, 09:19


O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov “Muqimiy” musiqali drama teatri rahbari lavozimidan 3-mart kuni ketdi. Sayyod.Uz sayti xabariga ko‘ra, 2010-yildan beri teatr jamoasiga rahbarlik qilib kelgan Rajabov teatrdagi “o‘zaro ichki nizo” sabab iste’foga chiqqan.

Sayyod.Uz’ning yozishicha, hozirgi vaqtda teatr jamoasi ikki guruhga ajralib qolgan. Bir guruh aktyorlar O’zbekiston xalq artisti Mirza Azizov atrofida birlashib, Murod Rajabovning ketishiga sabab bo‘lgan, boshqa bir guruh esa aynan Rajabovning tarafini olib chiqmoqda. “Arizalar ketma-ketligi turli mutasaddi idoralaru, huquqni himoya qiluvchi organlar eshigini ‘taqillatmoqda’”, – deb yozadi sayt.

Xabar berishlaricha, fevral oyida Mirza Azizov “Hordiq” gazetasiga “Komediyani oyoqosti qilib bo‘ldik” nomli intervyu bergan. “Teatr xodimlari bu intervyudan o‘zini haqoratlangandek, ... Читать дальше »

BMTning Jenevadagi bo‘limida Navro‘z bayrami nishonlandi

Опубликовал: Quyon в категорию XORIJ YANGILIKLARI - 01.04.2014, 09:15


Jenevadagi BMT saroyida Navro‘z bayrami nishonlandi. Bayram Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston diplomatik missiyalari tomonidan tashkil qilindi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi.

Marosimga 800 nafardan ortiq mehmon tashrif buyurdi. Ularning orasida Jenevadagi xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpuslar xodimlari hamda rahbarlari, shuningdek, OAV, Shveysariya madaniy va ijtimoiy tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni BMTning Jenevadagi bo‘limi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Maykl Myoller ochib berdi. Uning ta’kidlashicha, qadimiy bayram Navro‘z umid va yangilanish ramzi bo‘lib, umumiy qadriyatlar — turli xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish va do‘stona aloqalar rivojlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga Navro‘z BMT Bosh assambleyasi tomonidan tan olingan va YuNESKO nomoddiy ... Читать дальше »

Qirg‘izistonning Lyuksemburg qishlog‘ida mikroavtobus va teplovoz to‘qnashib ketdi

Опубликовал: Quyon в категорию XORIJ YANGILIKLARI - 01.04.2014, 09:14


Qirg‘iziston Respublikasining Chu viloyatida 30-mart kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib “Interfaks” axborot agentligi xabar beradi.

Falokat Bishkekdan 20 kilometr shimolda joylashgan Lyuksemburg qishlog‘ida, dushanba kuni ertalab yuz bergan. Yo‘lovchilarni olib ketayotgan “Mersedes” rusumli mikroavtobus haydovchisi temir yo‘l kesishmasida teplovozning o‘tib ketishini kutmasdan, yo‘lni kesib o‘tishga harakat qilgan. Oqibatda teplovoz uni urib yuborgan va haydovchining o‘zi voqea joyidayoq hayotdan ko‘z yumgan. Jiddiy jarohat olgan yetti nafar yo‘lovchi esa kasalxonaga yotqizilgan.

Ish yuzasidan zaruriy ekspertizalar tayinlangan va tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Bosh boshqarma xabarida. Ma’lum qilinishic ... Читать дальше »

O‘zbekistonda internet-kafelar videokameralar bilan jihozlanadi

Опубликовал: Quyon в категорию YURTIMIZ YANGILIKLARI - 01.04.2014, 09:13


Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar davlat qo‘mitasi qarori bilan jamoat foydalanish joylarida internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, 31-mart kuni kuchga kirgan o‘zgarishlar internet-provayderlar — tijorat asosida internet tarmog‘iga ulanish xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga tegishli bo‘ldi.

Nizomda jamoat foydalanish joylari uchun umumiy talablar kengaytirildi. Ularning ko‘p qavatli binolardagi yerto‘la yoki yarim yerto‘la qismlarda joylashishi qat’iy taqiqlandi.

Endi jamoat foydalanish joylarida zarur texnik vositalar (kompyuterlar, modem, telefon apparatlari va boshqalar)dan tashqari, tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv kameralari ham o‘rnatilishi kerak.

< ... Читать дальше »

Uchquduqda 40 oilaga yangi xonadon kalitlari topshirildi

Опубликовал: Quyon в категорию YURTIMIZ YANGILIKLARI - 01.04.2014, 09:12


Navro‘z bayrami kunlari Uchquduqdagi 40 nafar konchilar oilalariga yangi to‘rt qavatli turar joydagi xonadonlar kalitlari topshirildi. Bu haqda Navoiy viloyatining “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi xabar berdi.

Ushbu imorat “Shimol” qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan qurildi. Boshqarma rahbari Toshtemir Azimovning sohadagi 40 yillik tajribasi hamda Safar Sobirov boshchiligidagi quruvchilarning mahorati bilan bitkazilgan turar joyda sifat bilan bog‘liq hech qanday kamchilik topilmadi, deyiladi xabarda.

Ayni paytda Uchquduqda yana bir 48 xonadonli uy Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasi ishchilari uchun qurilmoqda. Ushbu turar joy O‘zbekiston mustaqilligining 23 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.daryo.uz


 

Janubiy va Shimoliy Koreya artilleriyalari bir-birining dengiz hududlariga o‘t ochishdi

Опубликовал: Quyon в категорию XORIJ YANGILIKLARI - 01.04.2014, 09:11


31-mart kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi hamda Janubiy Koreyaning artilleriyalari dengiz chegarasi hududida artilleriya mashqlarini o‘tkazishdi. Bunda qo‘shni hududlarga snaryadlar otish hollari kuzatildi, deya xabar beradi Agence France-Presse.

KXDR Sariq dengiz hududida o‘quv mashg‘ulotlari doirasida o‘t ochish mashqlari o‘tkazmoqchi ekanligi borasida janubdagi qo‘shnisini avvalroq xabardor qilib qo‘ygan edi. Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga qaraganda, shimolliklar otgan snaryadlardan bir nechtasi chegaraning bu tomoniga o‘tgan. Keyin Janubiy Koreya harbiylari ham bunga javoban dengizning Shimoliy Koreyaga tegishli hududiga artilleriya qurollaridan otishga qaror qilishgan.

Artilleriya qurollaridan otish mashqlari Janubiy Koreyaning Pennendo orollari yaqinida bo‘lib o‘tdi. Orol aholisi uchun bombadan himoyalovchi boshpanalarga evakuatsiya e’lon qilindi. Jabrla ... Читать дальше »

Eyfel minorasining 125 yilligi nishonlanmoqda

Опубликовал: Quyon в категорию XORIJ YANGILIKLARI - 01.04.2014, 09:10


Bugun Eyfel minorasi qurib bitkazilganiga 125 yil to‘ldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

Eyfel minorasi (la tour Eiffel) Parijda 1889-yilning Butunjahon ko‘rgazmasiga to‘g‘rilab bitkazilgan. 1889-yilning 31-martida minoraning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tgan. O‘sha yilning 15-mayida esa unga ilk tashrifchilar ko‘tarilgan.

Qurilish 26 oy davom etgan. Minoraga uni yaratgan konstruktor Gyustav Eyfel nomi berilgan.

300 metrli minora o‘sha paytdagi eng baland binolarni deyarli ikki barobar ortda qoldirar edi. Bu rekordni u 1931-yilgacha ushlab turdi.

Minoraning panjarasimon qurilmalari 18 mingta bo‘lakdan iborat. Ularni bir-biriga ulash uchun 2,5 millionta mixparchin ishlatilgan.

Eyfel minorasini yaxshi holatda saqlash va zangdan himoya qilish uchun har yetti yilda 57 tonna bo‘yoq ishlatiladi.

Minoraning birinchi va ikkinchi qavatlarida restoranlar, uchinchi q ... Читать дальше »


Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Апрель 2014  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Создать сайт
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2026
    Создать бесплатный сайт с uCoz